
Grilish Gvardiolaga uni ketkazish xato ekanini isbotlab qo‘ydi
“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola qaroriga ko‘ra, klub tarixida eng qimmatbaho transfer hisoblangan Jek Grilish jamoani tark etishga majbur bo‘ldi.
29 yoshli futbolchi faoliyatini “Everton”da davom ettiryapti. Mersisaydliklar hujumkor futbolchini bir mavsumga ijaraga olgan.
Angliya Premer-ligasining uchinchi turida “Everton” safar uchrashuvida “Vulverxempton”dan 3:2 hisobida ustun keldi va shu gollardan ikkitasi Jek Grilishning paslari tufayli urildi. Shu tariqa, Jek Grilish Angliya Premer-ligasining dastlabki uchta turidan keyin eng samarali o‘yinchilar reytingida peshqadamlik qilmoqda.
Grilish hisobida to‘rtta assist bor. “Chelsi” akili Joao Pedro esa, ikkitadan gol va golli pas bilan to‘rt ball to‘pladi. Ayni paytda Angliya chempionatida bu ikki o‘yinchi jamoaga eng ko‘p samara keltirmoqda.
Yana bir qiziq ma’lumot – Jek Grilish o‘tgan butun mavsum davomida “Manchester Siti” safida atigi ikkita assist qayd etgan edi.
Fikrlar