Grand klub “Barsa”ga bir futbolchi uchun katta summa taklif qildi, lekin...

  • 26 noyabr, 2024, 08:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Arsenal” bosh murabbiyi Mikel Arteta jamoaning hujumkorlik salohiyatini oshirish kerak, degan xulosaga keldi.

Tecno

Londonliklar buni “Barselona”ning hujumkor futbolchisi Rafinya yordamida amalga oshirmoqchi.

Fichajes nashrining yozishicha, Angliya klubi braziliyalik charm to‘p ustasini qo‘lga kiritish uchun Kataloniyaga klubiga 75 million evro taklif qilishni mo‘ljallayapti.

Manbaga ko‘ra, bu summa kataloniyaliklarni qoniqtirmaydi. “Barselona” Rafinya bo‘yicha 83 million evrodan past narx belgilangan takliflarni ko‘rib chiqmaydi.

27 yoshli Rafinya joriy mavsumda to‘purarlik mahoratini namoyish qilmoqda. Uning “Barsa” bilan shartnomasi 2027 yilning yarmigacha tuzilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!