"Golden Boy-2022" sovrini g‘olibi aniqlandi

  • 21 oktabr, 2022, 16:34
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" yarim himoyachisi Gavi "Golden Boy-2022" sovrinini qo‘lga kiritdi. Futbolchi mazkur sovrinni 7 noyabr kuni Turinda qabul qilib oladi. 

18 yoshli xavbek bir necha kun avval "France Fotball" tomonidan beriladigan Raymona Kopa sovriniga ham ega chiqqandi. 

"Tuttosport" talqiniga ko‘ra, 20 ta futbolchi mazkur nomga da’vogarlik qilgandi. Ro‘yxatda Jamal Musiala ("Bavariya"), Jud Bellingim ("Borussiya") hamda Eduardo Kamavinga ("Real") kabi futbolchilar bor edi. 

Qayd etish lozim, 2021 yilda Pedri "Golden Boy" mukofoti bilan taqdirlangandi. 

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!