Gi Kiala: "O‘zbekistonda texnik tarafdan iqtidorlarning ko‘pligi men uchun syurpriz bo‘ldi"

  • 1 sentabr, 2024, 13:33
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘FA texnik direktori sifatida ish olib borayotgan belgiyalik 55 yoshli tajribali mutaxassis Gi Kiala yaqinda Andijonga kelib ketdi.

Tecno

Boisi, futbol bo‘yicha 2011 yilda (U-13) tug‘ilgan futbol akademiyalari tarbiyalanuvchilari o‘rtasida O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tdi. Kiala esa o‘zbek futbolining rivojlanish dasturi asosida nafaqat terma jamoalar yoki boshqa yo‘nalishlarda, balki bolalar futboli bilan ham yaqindan ish olib bormoqda.

Andijondagi final uchrashuvidan keyin Gi Kialaga bir qator savollar bilan yuzlandik.

- Andijonda o‘tgan futbol akademiyalari o‘rtasidagi O‘zbekiston chempionati qanday taassurot qoldirdi?

- Bu erga kelganimda bunchalik ko‘p iqtidorlar borligini kutmagandim. Ularning texnik salohiyati juda ham yuqori ekan. Shunchalik ko‘p texnik tomondan iqtidorlarni ko‘rganim men uchun syurpriz bo‘ldi. Bundan juda ham xursandman.

- O‘FAda ish boshlaganingizdan beri ancha vaqt o‘tdi. Hozirgi paytga kelib ish jarayoningiz qanday ketmoqda?

- Texnik direktor lavozimiga tayinlanganimdan beri mening vazifam faqatgina milliy terma jamoa bilan ishlash emas, balki butun O‘zbekiston futbolini rivojlantirish vazifasi qo‘yilgan. Birinchi qilgan ishlarimizdan beri akademiyalarni yanada rivojlantirayotganimizdir. Buning uchun ishlarni amalga oshiryapmiz. Texnik programmalar qo‘yishimiz, yosh bolalarni rivojlantirish uchun ko‘p yillik dasturni o‘rgatishimiz kerak. Uning ichiga jismoniy rivojlantirish dasturi bo‘ladi. Buni tasdiqlab akademiyalarga kiritishimiz kerak. Meni eng muhim ishlarimdan biri murabbiylar ta’limi bilan ham ishlash va rivojlantirish. OFK kurslarini tashkil qilish, murabbiylarni bilimini oshirishga ham e’tibor qaratilgan.  

- Ishingiz davomida o‘zbek futbolida sizni ijobiy tomonlama nima hayron qoldiryapti?

- Bu erga kelganimda juda ko‘p iste’dodlarni ko‘ryapman. Bundan oldin ishlagan mamlakatlarimda esa bunchalik ko‘p iqtidorlarni ko‘rmaganman. Bolalarni futbol uchun bo‘lgan chanqog‘i, ishtiyoqi va xohishi borligidan juda ham xursandman. Futbolga chanqog‘i ko‘p bolalar har mamlakatlarda ham ko‘p emas.

- Turli yoshdagi termalarimiz jahon chempionatlarida qatnashib kelyapti. Yaqinda olimpiya terma jamoamiz ilk bor Olimpiadada o‘ynadi. Endi esa eng asosiysi milliy terma jamoamizni mundialda ishtirok etishini ko‘rishimiz qoldi. Terma jamoamizni ichidan ko‘ryapsiz va imkoniyatlar borasida nima deya olasiz?

- Bundan oldin hech qachon jahon chempionatiga bunchalik yaqin bo‘lmaganmiz. Biz uchun juda katta imkoniyat. Lekin ko‘p narsa dastlabki uchrashuvlarga bog‘liq. KXDR va Qirg‘izistonga qarshi uchrashuvlardagi natijalar nihoyatda muhim.

- Superligamizni ham kuzatyapsiz. Daraja va mavqeimizni qanday baholayapsiz?

- Hozirgi paytda biz PFL bilan juda yaqin ishlarni olib boryapmiz, Superligamiz saviyasini ko‘tarish uchun. Albatta, darajasi yaxshi, ajoyib potentsialga ega. Faqat ba’zi-bir ishlarni amalga oshirib, Superliganing darajasini yanada oshirishimiz kerak.

Shuhratbek Jo‘raev.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!