Germaniyalik sobiq himoyachi Messi va Ronalduni to‘xtatish yo‘lini aytdi

  • 30 aprel, 17:53
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Germaniya terma jamosi sobiq futbolchisi Filipp Lam Lionel Messi va Krishtianu Ronalduga qarshi terma jamoa o‘yinlarida qanday himoyalanish kerakligi haqida gapirdi.

"Men 2010-yilgi jahon chempionati chorak finalidagi Argentina bilan o‘yinni eslayman. O‘sha uchrashuvda biz Lionel Messini jamoaviy himoya orqali, zonalar bo‘yicha javobgarlikni taqsimlagan holda to‘xtata oldik.

Biz, himoyachilar, agar bir-birimizdan juda uzoqda tursak, Messi bizni changida qoldirishini yaxshi bilardik — u bizni slalom tayoqchalari kabi chetlab o‘tardi. Ammo agar juda yaqin tursak, uni kim to‘xtatishi kerakligini tushunmay, chalkashib qolardik. Biz mukammal muvozanatni topdik, bu esa ko‘p mashq va uyushqoqlikni talab qildi.

Krishtianu Ronalduga qarshi tayyorgarlik ham xuddi shunchalik mehnat talab qilardi, ammo butunlay boshqacha yo‘sinda.

Ronaldu dribling ustasi emas. O‘sha davrda uning eng kuchli tomonlari — tezlik va zarba berish edi. Asosiy narsa uni istagan joyda pas qabul qilish imkoniyatidan mahrum etish edi, u doim, hamisha, so‘nggi pasni kutardi", — dedi Germaniya terma jamoasining sobiq himoyachisi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!