
Gavi: "Tortishuvli holatlar bo‘ldi, lekin eng muhimi — g‘alaba"
"Real"ga qarshi dramatik 4:3 hisobidagi g‘alabadan so‘ng "Barselona" yarim himoyachisi Gavi o‘yindagi bir nechta bahsli vaziyatlar haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi:
"Juda ko‘p tortishuvli vaziyatlar bo‘ldi, lekin men bu mavzuda gapirishni istamayman. Eng muhimi — biz g‘alaba qozondik. Hozir shunga e’tibor qaratish kerak. Aniqki, bundan keyin ham g‘alaba uchun yanada ko‘proq kuch sarflashimizga to‘g‘ri keladi" - deya ta’rif berib o‘tdi ispaniyalik fulbek.
Ma’lumot o‘rnida, Gavi uchrashuvning 89-daqiqasida maydonga tushdi. "Ko‘k-anorranglilar"ning kelasi bellashuvi esa 16 may kuni "Espanol"ga qarshi bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan!
Fikrlar