
Garet Beyl bir yildan buyon "Santyago Bernabeu"da gol ura olmayapti
"Real" qanot hujumchisi Garet Beyl "Santgo Bernabeu" stadionida deyarli bir yildan buyon gol urishni uddalay olmayapti.
Kecha La Liga 26-turi doirasida "Barselona"ga qarshi o‘yinda zahirada qolgan uelslik xavbek so‘nggi marotaba o‘z maydonida o‘tgan yil 16 mart kuni "Selta" darvozasiga yo‘l topgan.
Joriy mavsumda Beyl madridliklar safida 14 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol va yana shuncha gollik uzatma muallifi bo‘ldi.
Fikrlar