
G‘anievning sobiq jamoasi Zumani o‘z tarkibiga qo‘shib olish arafasida
"Shabab Al-Ahli" o‘z tarkibiga sobiq "Chelsi" himoyachisi Kurt Zumani qo‘shib olish arafasida. U tez orada tibbiy ko‘rikdan o‘tadi, deya xabar bermoqda insayder Fabritsio Romanoyu.
Ma’lum bo‘lishicha, himoyachi "Vest Xem"ni tark etishni istamoqda. "Bolg‘achilar" ham bu transferga rozi bo‘ldi va futbolchini qo‘yib yuborishga qaror qildi. Ammo hali tomonlar to‘liq kelishib olgani yo‘q. Zuma uchun Saudiyaning yana bir nechta klublari ham kurashda bor.
Eslatib o‘tamiz, Kurt 2021 yili "Chelsi"dan 35 million evro evaziga "Vest Xem" safiga kelib qo‘shilgan. U jamaosi tarkibida 39 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.
Fikrlar