
Galte o‘rniga PSJga kim olib kelinadi?
Tez kunda PSJ bosh murabbiyi Kristofer Galte o‘z ishidan ozod qilinadi. Bu haqda insayder Fabritsio Romano xabar bermoqda. Uning o‘rniga Nagelsman parijliklarning yangi ustozi bo‘lishi mumkin. Rahbariyat Yulian nomzodi bo‘yicha muzokaralar o‘tkazmoqda.
Kristofer omadsiz bir mavsumdan keyin Frantsiya klubni tark etmoqda. U o‘tgan yozda jamoa bilan 2024 yilgacha amal qiladigan shartnomaga qo‘l qo‘ygandi. Luish Kampush frantsiyalik mutaxassisni klubga taklif qilgan.
Mart oyida Nagelsman "Bavariya"dan iste’foga chiqdi. Unga bir nechta jamoalardan qiziqish bo‘lishiga qaramay, yozgacha dam olishga qaror qildi.
Fikrlar