Gagarin kubogi. "Salavat Yulaev" 110-daqiqadagi gol tufayli finaldan quruq qoldi

CHERY AUTO

Bugun Gagarin kubogi Sharqiy Konferentsiyasida "Salavat Yulaev" hamda "Avangard" jamoalari o‘rtasidagi 6-final o‘yini bo‘lib o‘tdi. Ufa shahrida kechgan bahsning uch bo‘limi davomida hisob ochilmadi va overtaymlarga murojaat etildi.

Tecno

Hal qiluvchi gol esa bellashuvning 110-daqiqasida Aleksey Bondarov tomonidan kiritildi. Shu tariqa seriyada 4:2 hisobida oldinga chiqib olgan omskliklar Gagarin kubogi finaliga chiqishdi.

Hal qiluvchi bahsda esa "Avangard"ga SKA yoki TsSKA klublaridan biri raqiblik qiladi.

Gagarin kubogi. Sharqiy Konferenatsiya. Final

"Salavat Yulaev" - "Avangard" 0:1

Shayba: Bondarev (Semyononov) 110

Seriyadagi hisob - 2:4.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!