Gabriel Jezus bu natija borasida Mbappe, Messi, Saloh, Vinisius va Xoland kabi futbolchilarni ortda qoldirgan

  • 5 sentabr, 2022, 19:39
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Squawka” statistika portali 2022/2023 yilgi mavsumda raqib jarima maydonchasi ichidagi teginishlar soni bo‘yicha Evropaning kuchli beshlik ligalari o‘yinchilari reytingini taqdim etdi.

Tecno

"Arsenal" hujumchisi Gabriel Jezus raqib jarima maydonchasida 66 marta teginish bilan birinchi o‘rinni egalladi. Keyingi o‘rinlardan esa Kilian Mbappe (63), Muhammad Saloh (55), Lionel Messi (50) va Vinisius Junior (48) kabi futbolchilar egalladi.

"Manchester Siti"ning yangi futbolchisi Erling Xoland 44 ta teginish bilan ettinchi o‘rindan joy olgan.

Eslatib o‘tamiz, yozgi transfer oynasida Gabriel Jezus “Manchester Siti”dan “Arsenal”ga o‘tgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!