
Fyodor Emelyanenkoning Kuinton Jeksondan keyingi raqibi kim bo‘ladi?
Rossiyalik jangchi Fyodor Emelyanenko navbatdagi raqib haqidagi savolga javob berdi.
“Men bu savolga hozircha javob berolmayman. Kuinton bilan jang qilaman. Hozirda ushbu to‘qnashuvga tayyorgarlik ko‘rmoqdaman va bundan keyin nima bo‘lishini bilmayman.
Menimcha, hatto “Bellator” ham bundan keyin kim bilan jang qilishimni bilmaydi”, - dedi “So‘ngi imperator”.
29 dekabr kuni 43 yoshli rossiyalik Saitama shahridagi “Bellator” turnirida Kuinton Jeksonga qarshi jang qiladi.
Fikrlar