Fyodor Emelyanenko hamda Xabib Nurmagomedovning Rossiya MMAsidagi o‘rni qanday?

CHERY AUTO

UFCning engil vazn toifasidagi chempioni Xabib Nurmagomedovning ukasi Umar Nurmagomedov akasi va Fyodor Emelyanenkoning Rossiya MMAsidagi o‘rni haqida o‘z fikrini bildirdi.

Tecno

"Fyodor Emelyanenko Rossiyaga MMAni olib kirdi. Unga poydevor qo‘ydi. Xabib esa uni davom ettirdi. Mazkur sport turining mamlakatimizdagi rivojida Fyodorning hissasi katta va muhim.

Ammo Xabib u erisha olmagan darajaga chiqishi mumkin. Agar, Toni Fergyuson, Jorj Sen-Perlar ustidan g‘alaba qozonsa va Konor MakGregorni yana bir bora mag‘lub eta olsa, MMA Rossiyada yanada ommalashadi ”,- dedi Umar Nurmagomedov.

Eslatib o‘tamiz: Xabib va ​​Fergyusonning jangi shu yilning bahorida bo‘lib o‘tishi mumkin. Emelnenko 29 dekabr kuni Saitama shahrida (Yaponiya) Kuinton Jekson bilan jang qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!