FVV akademiyasida "Matonat maktabi" doirasida paralimpiyachilar bilan uchrashuv tashkil etildi

  • 19 sentabr, 2022, 09:59
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Boshqalar
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 6 iyun kuni imzolagan “Paralimpiyachilarning matonat maktabi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan “Matonat maktabi” faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

Tecno

O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi akademiyasida aynan “Matonat maktabi” doirasida mashhur paralimpiya sportchilari ishtirokida uchrashuv tashkil etildi. Unda Rio-2016 yozgi Paralimpiya o‘yinlari bronza medali sohibi Miran Saxatov hamda Tokio-2020 yozgi Paralimpiya o‘yinlari kumush medali sohibi Dovurxon Karomatov qatnashdi.

Dastlab, matonatli paralimpiyachilarimiz akademiyada yaratilgan sharoitlar hamda o‘quv jarayonlari bilan yaqindan tanishishdi. Shundan so‘ng, akademiya talabalari ishtirokida uchrashuv tashkil etildi. Unda sportchilar o‘zlarining erishgan yutuqlari hamda faoliyati haqida so‘zlab berishdi. Bundan tashqari, ishtirokchilar qiziqtirgan savollarga ham batafsil javoblar olishdi.

Tashkilotchilar kelgusida ham mana shu kabi qiziqarli uchrashuvlarni o‘tkazish rejalashtirilganini alohida ta’kidlab o‘tishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!