
Futzal. O‘zbekiston gollarga boy o‘tgan bahsda Quvaytni mag‘lub etdi
Futzal bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi bugun o‘rtoqlik o‘yinida ishtirok etdi. Unda vakillarimiz Quvayt terma jamoasini 4:2 hisobida mag‘lub etdi.
Hamyurtlarimizdan gollarga Elbek To‘lqinov, Husniddin Nishonov va Abbos Elmurodov (dubl) mualliflik qildi.
Shu tariqa, O‘zbekiston terma jamoasi Osiyo kubogi uchun tayyorgarlikni davom ettiradi. Ikki kun avval xuddi shu jamoalar ishtirokidagi bahsda 4:3 hisobi qayd etilgan va unda O‘zbekiston g‘alabani qo‘lga kiritgandi.
Fikrlar