
Futzal. Bugun O‘zbekiston kubogida ham final o‘yini bo‘lib o‘tadi!
Bugun futzal bo‘yicha O‘zbekiston kubogi final uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Unda BMB jamoasi "Lokomotiv" klubiga qarshi saf tortadi.
Bellashuv soat 19:30 da boshlanadi. O‘yinga Toshkentdagi "Yunusobod" sport majmuasi mezbonlik qiladi.
Eslatib o‘tamiz, BMB yarim finalda OKMKni, "Lokomotiv" esa "Maksam-Chirchiq"ni engib, hal qiluvchi o‘yinga etib kelgan.
Fikrlar