
Futzal bo‘yicha Jaxon chempionati haqida bir necha ma’lumotlar bilan tanishing
Xabaringiz bor, bir necha kundan so‘ng yurtimizda futzal bo‘yicha 2024 yilgi Jahon chempionati bahslari start oladi.
Quyida ushbu mundial haqida bilishingiz kerak bo‘lgan ma’lumotlarni keltirib o‘tamiz.
Qachon va qaerda bo‘lib o‘tadi?
2024 yil 14 sentyabrdan 6 oktyabrgacha bo‘lgan davrda O‘zbekistonning uchta mezbon shahri: Andijon, Buxoro va Toshkentda.
Chiptalarni qanday sotib olish mumkin?
Chempionat uchun chiptalarni https://futsal2024.uz/ sayti orqali sotib olishingiz mumkin.
Musobaqa formati qay tarzda bo‘ladi?
Har bir guruhning eng yaxshi ikki jamoasi va uchinchi o‘rinni egallagan to‘rtta eng yaxshi jamoa pley-off bosqichiga chiqadi. Shundan so‘ng, nimchorak final, chorak final, yarim final, uchinchi o‘rin uchun hamda final o‘yinlari bo‘lib o‘tadi.
Jaxon chempionati g‘oliblari bilan tanishing:
1989; 1992; 1996; 2008; 2012 yillari: Braziliya
2000; 2004 yillari: Ispaniya
2016 yil: Argentina
2021 yil: Portugaliya
Turnirning "Oltin to‘p" mukofotini qo‘lga kiritganlar:
1989 yil: Viktor Hermans (Niderlandiya)
1992 yil: Jorginyo (Braziliya) 1996 va 2000 yillari: Manoel Tobias (Braziliya)
2004 va 2008 yillar: Falkao (Braziliya)
2012 yil: Neto (Braziliya)
2016 yil: Fernando Vilgelm (Argentina)
2021 yil: Rikardino (Portugaliya)
Fikrlar