
Futzal bo‘yicha Jahon chempionati qaysi telekanalda namoyish etiladi?
Xabaringiz bor, 14-sentyabrdan 6-oktyabrgacha O‘zbekistonda Futzal bo‘yicha Jahon chemponati bo‘lib o‘tadi.
Mazkur turnir qaysi telekanalda efirga uzatilishi ma’lum bo‘ldi. Yurtimiz mezbonlik qiladigan FIFA Futzal Jahon chempionati o‘yinlari O‘zMTRK “Sport” telekanali orqali namoyish etiladi.
Eslatib o‘tamiz, jahon chempionatida 24 terma jamoa ishtirok etadi. Jamoalar 6 ta guruhga bo‘lingan. Milliy termamiz "A" guruhida Niderlandiya, Paraguay va Kosta-Rikaga qarshi pley-off boshqichi uchun kurashadi.
Fikrlar