
"Futbolchilar bilganicha harakat qiladimi?" Anri Pochettinoni savolga tutdi
Frantsiya terma jamoasining sobiq hujumchisi Chempionlar ligasi 5-turi doirasida "Manchester Siti"ga qarshi o‘yinda (2:1) PSJning hujum triosini himoyada o‘ynamaganligi uchun tanqid qildi.
Terri Anri SBC telekanaliga bergan intervyusida shunday dedi: "Jamoa to‘pga ega bo‘lmaganida hujumchilar orqa chiziqda harakat qilmasa, PSJ Chempionlar Ligasida g‘alaba qozona olmaydi. Pochettinoga himoyada o‘ynash uchun etarli imkoniyat berilishi kerak.
Sobiq hujumchi sifatida ayta olaman-ki, agar Chempionlar Ligasida yutishni xohlasangiz, zamonaviy futbolda ettita o‘yinchi bilan himoyalanmaslik kerak. EChLni yutgan klublar ko‘p. Siz oldinda kamida uchta futbolchi bilan o‘ynashingiz kerak. To‘g‘ri, "Manchester Citi" bugun ochiq o‘ynadi. Frantsiyadagi jamoalar unday emas.
Murabbiyga futbolchilarni boshqarishga ruxsat berilganmi yoki ularning o‘zlari bilganicha harakat qiladimi? Buni kelishib olishmasa, jamoa juda qiyin ahvolga tushadi. Agar murabbiy bu tomondan ko‘rsatma bersa-yu, futbolchilar amal qilmasa, o‘yin boshqaruvdan chiqib ketadi".
Argentinalik murabbiy "Manchester Yunaytedni"ni boshqarish uchun asosiy da’vogarlardan biriga aylandi, chunki u Frantsiya poytaxtida o‘zini baxtli his etmayapti va Premer-ligaga qaytishni istamoqda.
Fikrlar