Futbolchi maydonda vafot etdi

  • 4 noyabr, 2024, 21:37
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Peru futbolida noxush voqea yuz berdi. Uankayo shahrida “Xuventud Bellavista” va “Familiya Chokka” jamoalar o‘rtasidagi uchrashuv vaqtida kuchli jala quydi.

Tecno

Futbolchilar 23-daqiqada o‘yinni to‘xtatib, maydonni tark etayotgan pallada himoyachi Xose Ugo de la Kruz Mezani chaqmoq urdi.

35 yoshli himoyachi va chaqmoqdan shikastlangan boshqa o‘yinchilarni shifoxonaga etkazishdi. Biroq Xose Ugo de la Kruz Meza shifoxonaga etkazilganida joni chiqib ketgan edi.

Fojea yuz bergan pallada uning yonida bo‘lgan darvozabon va yana bir necha futbolchi turli darajadagi kuyish jarohatini oldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!