
Futbolchi mashhur murabbiy bilan urishib qoldi
“Everton”ning chap qanot himoyachisi Lukas Din jamoa bosh murabbiyi Rafael Benites bilan tortishib qoldi.
Shu sababli, klub rahbariyati iste’dodli o‘yinchidan voz kechishga qaror qildi.
Endi Lukas Din yanvar oyida o‘ziga yangi jamoa topishi kerak bo‘ladi. Bu o‘yinchiga chap qanot himoyachi bo‘sh qolgan "Chelsi" jiddiy qiziqish bildirmoqda va ular “Everton”da yuzaga kelgan vaziyatdan foydalanib qolmoqchi.
Bosh murabbiy va frantsiyalik futbolchi o‘rtasidagi mojaroga Benites Lukasdan oldinga o‘tmasdan ko‘proq himoyaga e’tibor qaratishni talab qilgani sabab bo‘lgan. Bu talab hujumga qo‘shilishni yaxshi ko‘radigan o‘yinchiga yoqmadi.
Qizig‘i shundaki, Tomas Tuxel “Chelsi”ga himoyadan hujumga o‘tadigan tezkor qanot himoyachisini qidirmoqda. Bu o‘ringa Lukas Din to‘la mos keladi.
Fikrlar