
Futbol tarixidagi eng rasvo transfer aniqlandi. Bu futbolchini siz ham taniysiz!
Goal.com portali jurnaliyatlari futbol tarixidagi eng yomon transferni aniqlashdi. Ekspertlar tanlovni to‘langan summa va o‘yinchining yangi jamoadagi natijalari asosida amalga oshirdi.
Unga ko‘ra, eng rasvo transfer sifatida braziliyalik Felipe Koutinoni “Liverpul”da “Barselona”ga o‘tgani qayd etildi. 2018 yili kataloniyaliklar “Liverpul” pleymeykerini qo‘lga kiritish uchun 135 million evro sarflagan. Bu transfer oxir-oqibat porlab kelayotgan yulduzning so‘nishiga olib keldi.
Bu reytingda ikkinchi o‘rinda turgan omadsiz transfer ham “Barselona” nomi bilan bog‘liq. Kataloniyaliklar 2019 yili Antuan Grizmann uchun “Atletiko”ga 120 million evro to‘ladi. Madridliklar to‘purari Kataloniyaga kelib, hech narsa qilolmadi. Pul kuydi.
Uchinchi o‘ringa Joau Feliksning “Benfika”dan “Atletiko”ga transferi loyiq ko‘rildi. Madridliklar yosh o‘yinchini 127,2 million evroga olib, uni haqiqiy yulduz darajasiga ko‘tara olmadi.
Fikrlar