
Futbol olamida og‘ir judolik. Maradona vafot etdi
Clarin nashrining ma’lum qilishicha, Argentinaning afsonaviy futbolchisi Diego Armando Maradona 60 yoshida bu yorug‘ olamni tark etdi.
Manbaning xabariga ko‘ra, Maradonaning vafotiga to‘satdan yurak to‘xtashi sabab bo‘ldi.
Maradona 1986 yilda terma jamoa safida jahon chempionligini qo‘lga kiritgan. 1982-1984 yillarda "Barselona" va 1984-1991 yillarda "Napoli" sharafini himoya qilgan. Shuningdek, Argentina terma jamoasi bosh murabbiyi sifatida ham faoliyat olib borgan.
Fikrlar
Афсона кирол энди йук