
Frensis Ngannuga raqobatchi paydo bo‘lmoqda yoxud "UFC Vegas 30"ning to‘liq natijalari bilan tanishing!
Bugun tongda UFC promoushenining navbatdagi turniri bo‘lib o‘tdi. Ya’ni, "UFC Vegas 30" deya nomlangan jang kechasi tashkil etildi. Mazkur oqshomning markaziy jangi og‘ir vazn toifasidagi rossiyalik Aleksandr Volkov va ushbu divizionning kashfiyotiga aylangan frantsiyalik Siril Gan o‘rtasida bo‘lib o‘tdi. Butun jang mobaynida nisbatan faol va aniq harakat qilgan Gan yakunda hakamlarning yakdil qaroriga ko‘ra, g‘alaba qozondi. Shu o‘rinda aytib o‘tish joizki, og‘ir vazn toifasida kamerunlik Frensis Ngannu chempion hisoblanadi va Gan tez orada ushbu divizion chempionligi uchun Ngannu bilan raqobatlashsa ajab emas!
Shuningdek, turnirda yana bir qator qiziqarli to‘qnashuvlar sodir bo‘ldi. Quyida ushbu kechaning qolgan natijalari bilan tanishishingiz mumkin.
Asosiy kard
Og‘ir vazn toifasi
Tanner Boser (Kanada) - Ovins Sent Pryu (Gaiti). Ikkinchi raundda Boser nokaut bilan zafar quchdi.
O‘ta engil vazn
Timur Valiev (Rossiya) - Raoni Barselos (Braziliya). Valiev hakamlarning alohida qaroriga ko‘ra, g‘alaba qozondi.
Yarim o‘rta vazn
Tim Mins (AQSh) - Nikolas Dalbi (Daniya). Mins hakamlarning yakdil qaroriga muvofiq g‘olib chiqdi.
Engil vazn
Renato Moykano (Braziliya) - Jay Gerbert (Angliya). Ikkinchi raundda Moykano bo‘g‘ish uslubi bilan g‘alaba qozondi.
Prelim kard
Yarim og‘ir vazn
Kennedi Nzechakvu(Nigeriya) - Danilo Markes (Braziliya). Nzechakvu 3-raundda texnik nokaut bilan zafar quchdi.
Yarim o‘rta vazn
Shavkat Rahmonov (Qozog‘iston) - Mishel Prazers (Braziliya). Rahmonov ikkinchi raundda bo‘g‘ish uslubi bilan g‘olib chiqdi.
Yarim o‘rta vazn
Vorli Alves (Braziliya) - Jeremaya Uelss (AQSh). Uelss ikkinchi raundda raqibini nokautga uchratdi.
Yarim og‘ir vazn
Marchin Praxnio (Polsha) - Isaak Villanueva (AQSh). Praxnio texnik nokaut evaziga zafar quchdi.
O‘ta engil vazn (Ayollar)
Juliya Avila (AQSh)- Yuliya Stolyarenko (Litva). Avila uchinchi raundda bo‘g‘ish uslubi bilan g‘alaba qozondi.
Yarim engil vazn
Charlz Rosa (AQSh) -Jastin Jaynes (AQSh). Rosa hakamlarning qaroriga ko‘ra, g‘alaba qozondi.
Engil vazn
Yansi Medeyrosh (AQSh) - Damir Xadzovich (Bosiniya va Gertsegovina). Hakamlarning yakdil qaroriga muvofiq Xadzovich zafar quchdi.
Fikrlar