
Frantsiyada mojaro. Mbappe jamoadoshiga hasad qilmoqda!
Frantsiya terma jamoasida muhit buzilgani haqida turli xabarlar tarqatilmoqda. Ma’lumotlarga qaraganda, ikki hujumchi Kilian Mbappe va Antuan Grizmann o‘rtasidagi munosabat buzilgan.
Taniqli jurnalist Toni Xuanmartining fikriga ko‘ra, Kilianga Grizmanning terma jamoada mavqei umuman yoqmayapti. Yosh hujumchi tajribali Antuanning terma jamoaga kuchli ta’sir o‘tkazishini ko‘rolmayapti.
Aslida ikki hujumchi o‘rtasidagi mojarolar 2018 yilgi jahon chempionatida boshlangan edi. O‘shanda Grizmann o‘zini jamoa uchun o‘ynaydigan futbolchi sifatida namoyish qilgan, Kilian esa ko‘proq o‘zi uchun harakat qilgan. Natijada terma jamoa a’zolari orasida Grizmanning mavqei ancha ko‘tarilgan edi.
Fikrlar