
Frantsiyada bu ishni Mbappedan boshqasi eplay olmagan
Kilian Mbappe Evropa chempionatining saralash turnirida Gibraltar terma jamoasi darvozasin uch marotaba ishg‘ol qilib, bu yil xalqaro miqyosda urgan gollari sonini 10 taga etkazib oldi.
Shu tariqa, 24 yoshli hujumchi Frantsiya terma jamoasi safida ketma-ket ikki yil o‘nta va undan ko‘p to‘p kiritgan futbolchiga aylandi.
Mbappe 2022 yili terma jamoa o‘yinlarida raqiblar darvozasini 12 marotaba aniq nishonga olgan edi.
Ta’kidlash joizki, Mbappe terma jamoaning umumiy to‘purarlari reytingida uchinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi. Unin hisobidagi gollar soni 46 tani tashkil qilmoqda. Kilian Olive Jiru va Terri Anridan ortda qolyapti xolos.
Fikrlar