
Frantsiya terma jamoasining yangi sardori ma’lum bo‘ldi
Frantsiya terma terma jamoasining yangi sardori aniq bo‘ldi.
"Tottenxem" darvozaboni Ugo Loris terma jamoadagi faoliyatini yakunlagandan so‘ng Frantsiya terma jamoasi sardori lavozimi bo‘sh edi. Lorisdan keyin Karim Benzema asosiy nolmzod edi, biroq u jahon chempionati vaqtida Dide Desham bilan janjallashib qolgandi.
Frantsiya futbol federatsiyasi PSJ hujumchisi Kilian Mbappeni terma jamoaning yangi sardori etib tayinlashga qaror qildi.
Eslatib o‘tamiz, Mbappe Rossiyadagi jahon chempionatida g‘olib bo‘lgan, Qatardagi turnirda esa eng yaxshi to‘purarga aylangandi - 7 uchrashuvda 8 ta gol.
Fikrlar