
Frantsiya terma jamoasi tarixidagi eng yaxshi to‘purar yangi mavsumni ham A Seriyada o‘tkazadi
“Milan” rahbariyati hujumchi Olive Jiru bilan shartnomani uzaytirishga rozi bo‘ldi.
Mashhur insayder Fabritsio Romanoning so‘zlariga ko‘ra, Frantsiya terma jamoasining eng yaxshi to‘purari aprel oyida “rossonerilar” bilan yangi shartnoma imzolaydi. Yakuniy shartlar, kutilganidek, jahon chempionatidan keyin kelishib olingan. Qayd etilishicha, Jiruning maoshi keyingi mavsum uchun bonuslar bilan birga 3,8 million evroni tashkil qiladi.
Eslatib o‘tamiz, 2018 yilgi jahon chempioni 2021 yildan buyon "Milan" libosida to‘p surib kelmoqda. U o‘tgan mavsum “Milan” tarkibida Italiya A Seriyasida chempionlikni qo‘lga kiritgan. Olive shu kungacha "rossonerilar" safida 72ta o‘yin o‘tkazib, 26ta gol urgan.
Fikrlar