Frantsiya terma jamoasi futbolchisiga hukm o‘qildi

  • 1 iyun, 2022, 16:14
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Sud “Vest Xem” klubi himoyachisi Kurt Zumani mushukga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lganligi uchun unga nisbatan hukm o‘qidi.

Tecno

Unga ko‘ra, 27 yoshli frantsiyalik futbolchi 180 soatlik jamoat ishlariga hukm qilindi. Shuningdek, unga besh yil davomida uyda mushuk boqish taqiqlandi. Zumaning o‘zi ham sud jarayonida mushukni kaltaklaganini tan oldi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yil fevral oyida ijtimoiy tarmoqlarda uning uyida mushukni urib, tepgani aks etgan videolar paydo bo‘lgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!