
Frantsiya prezidenti finalda qancha gol kiritilishini taxmin qildi
Frantsiya prezidenti Emmanyuel Makron Jahon chempionati final o‘yini oldidan o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
"O‘ylashimcha, biz favoritmiz. Lekin Argentina har o‘yinida yaxshiroq harakat qilib bormoqda. Shuning uchun bu jamoa shu bosqichga qadar etib keldi.
Men Raboning formaga qaytishini kutyapman. Sababi, Marokashga qarshi ijobiy o‘yin namoyish etgan bo‘lsak ham ko‘p narsa tarkibga bog‘liq.
Menimcha, biz g‘alaba qozonamiz. Qolaversa, finalda ko‘p gollar bo‘lishini kutmoqdaman. 3 tadan ko‘p gol urilsa, hayron qolmayman", - dedi Frantsiya mamlakati prezidenti.
Fikrlar