
Frantsiya Desham qo‘l ostida yuqori sermahsullik namoyish etmoqda
Frantsiya terma jamoasi bosh murabbiyi Dide Desham jahon chempionatidagi 17 o‘yindan 13 tasida g‘alaba qozongan.
Frantsiyalik murabbiy hisobida 2 durang yana shuncha mag‘lubiyat mavjud. U sermahsullik borasida faqatgina Portugaliya va Braziliya terma jamoalarida ishlagan Luis Felipe Skolari (14) va germaniyalik Xelmut Shen (16)dan ortda qolmoqda xolos.
Ma’lumot uchun, Frantsiya yarim finalda Marokashga qarshi bahs olib boradi.
Fikrlar