FR: Tursunov yubiley o‘yinidan chetlatildi

  • 16 aprel, 2023, 23:40
  • Odilbek Fayzullayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Superliganing 6-tur bahslari davom etyapti. Bugun Bekobodda mehmon bo‘lgan OKMK futbolchilari ortga quruq qo‘l bilan qaytadigan bo‘lishdi (2:0).

Tecno

photo_2023-04-16_19-28-12

Uchrashuvdagi eng muhim vaziyatlardan biri 21-daqiqada sodir bo‘ldi. "Metallurg" futbolchisiga nisbatan qo‘pol o‘ynagan olmaliqliklar sardori Asker Najafaliev tomonidan maydondan chetlatildi. Bu Sanjar Tursunov uchun OKMK tarkibida olinga birinchi "qizil" hisoblanadi.

E’tiborlisi, toshkentlik yarim himoyachi bugun "konchilar" tarkibida 90-o‘yinini o‘tkazayotgan edi. Ulardan 75tasi Superliga, 8tasi O‘zbekiston kubogi va 7tasi OChL doirasida bo‘lib, Tursunov OKMK uchun 13ta golga mualliflik qilgan.

photo_2023-04-01_11-03-04 (2)

Shuningdek, Sanjar Tursunov 7 yil deganda diskvalifikatsiya qilinganini ham ta’kidlash kerak. 1986 yilda tug‘ilgan futbolchi so‘nggi bor 2016 yil "Vorskla" tarkibida maydondan chetlatilgan edi.

photo_2023-04-16_17-58-07

Bungacha OKMK tarkibida qizil kartochka olgan oxirgi futbolchi Artyom Filiposyan bo‘lib turgandi (o‘tgan mavsum, 26-tur).

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!