
Floyd Meyvezer o‘z oldiga jiddiy maqsad qo‘ydi
AQShlik boks bo‘yicha sobiq jahon chempioni Floyd Meyvezer dunyoning eng yaxshi murabbiyi bo‘lish niyatida ekanligini aytdi. Qolaversa, o‘z vaqtida unga ustozlik qilgan otasi va amakisidan namuna olib, yoshlarga yordam berishini, ularni etuk bokschi qilib tarbiyalashga harakat qilishini aytib o‘tdi. Shuningdek karantin unga atrofdagilarga yordam qo‘lini cho‘zish muxim ekanligini anglatganini, imkon qadar ajoyib shogirdlar tayyorlashga harakat qilishi barobarida eng zo‘r murabbiy bo‘lishga va’da berdi. Bu borada u o‘z Instagram sahifasiga yozib qoldirgan. Shuningdek, 14 yoshli jiyani bilan birga mashg‘ulot o‘tayotgan jarayonini ham joylagan.
Fikrlar