Florentino Peres Mbappening transferi, Ramos nega ketgani va amalga oshmagan Superliga haqidagi haqiqatlarni oshkor qildi

  • 29 iyun, 2021, 18:48
  • Yahyoxo’ja Ulug’xo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Futbol olamidagi eng taniqli shaxslardan biri sanalgan "Peres bobo" bilan "Onda Cero" radiostantsiyasi katta intervyu tashkil etdi. Deyari ikki soat davom etgan suhbat chog‘ida Peres "bobo" bir nechta voqealarga oydinlik kiritdi.

Tecno

Men futbolni o‘zgartirdim!

"Dunyoning eng buyuk klubi boshqaruvim ostida erishgan yutuqlardan farxlanaman. Men bu sport turini o‘zgartirish maqsadida tashrif buyurgan edim, vazifamni uddaladim. Otam doim qadriyatlarni e’zozlashim kerakligini takrorlagan. Shunisi aniq-ki, "Real" postini egallanimdan so‘ng, futbol yanada yaxshilandi. G‘alati eshitilishi mumkin, ammo amalga oshirgan ishlarim bilan faxrlanaman".

O‘z pullarim bilan tavakkal qilganman!

"Figuning "Barselona"dan tortib olishim saylovda g‘alaba qozonishimga asosiy sabab. Ilk urinishdayoq Luishni Madridga olib kelgach, hamkorlar men bilan qiziqib qoldi. 2000 yilda klub tepasiga kelganimda, jamoa moliyaviy muammolar o‘chog‘ida edi. Menda boshqa variant yo‘q edi. Shu bois, loyihaga o‘z pullarimni sarfladim. Men hamkorlarimga reja ish bermasa, pulni o‘z yonimdan to‘lashimni aytdim. Bu klub oldidagi burchim emas edi. Shunchaki, "Real" grand jamoaga aylanishiga ko‘zim etdi. Kutilganidek, biz 100 million evro qarzni to‘ladik va 300 million evro sof foyda ko‘rdik".

"Santyago Bernabeu" 2021 yilda ochiladi!

"Hammasi tayyor. Stadion to‘liq ta’mirdan chiqdi. 2021 yilgi mavsumni o‘z arenamizda o‘tkazamiz. To‘g‘ri, La Liganing ilk turlarida buning imkoni bo‘lmasligi mumkin. Shu bois, 1-4 turlarni mehmonda o‘tkazishimizga to‘g‘ri keladi".

UEFA futbolni tugatmoqda!

"Aslida, ulardan musobaqalarni tomoshabop qilishlarini so‘ramoqchiman. Afsuski, UEFA islohotlar bilan cheklanmoqda. Bu o‘z-o‘zidan muxlislarning futboldan zerikib qolishiga olib keladi. Oqibatda, klublarning daromadi kamayadi. Teletranslyatsiya ortidan keladigan pullar yo‘q bo‘lsa, hech qaysi klub "oyoqda" tura olmaydi. Endi hech narsa o‘nglanmasa kerak".

Ramos hammasini bilar edi!

"Serxio bilan xayrlashish oson bo‘lgani yo‘q. Uni o‘z o‘g‘limdek yaxshi ko‘rganman. Barchasi bunday yakun topganidan afsusdaman. Biz 2022 yilga qadar mo‘ljallangan shartnoma taklif qildik. Negadir, Ramos belgilangan vaqtga qadar biz bilan aloqaga chiqmadi. Nega bunday yo‘l tutganidan xabarim yo‘q. Umid qilamanki, uning uchun barcha yaxshi narsalar hali oldinda. "Real" uning uyi. Biz uni kutib olishga doim tayyormiz. Hayot davom etadi".

1582931273_0_0_2096_1178_1920x0_80_0_0_d773cc062f839ec1474f48bf9faa025e

Zidan ketmoqchi bo‘lsa...

"Bu juda og‘ir mavsum bo‘ldi. Men Zidanni olib qolish uchun qo‘limdan kelgan barcha ishni amalga oshirdim. U qarorini aytgan kuni, bir necha soat suhbat qurdik. Uni fikridan qaytarmoqchi bo‘ldim. Afsuski, u bir so‘zli inson. Agar u ketmoqchi ekanligini aytsa, biling Zizu ketib bo‘ldi!
Uning xayrlashuv maktubini o‘qiganim yo‘q. Ishonmasangiz, nabiralarim bilan qasam ichim mumkin. Aytishlaricha, xatda yaxshi so‘zlar yozilmagan. Shu bois, uni o‘qishni o‘zimga ep ko‘rmadim. Uni 2001 yildan beri taniyman. Unga faqat yaxshi tilaklar bildiraman. Umid qilamanki, tez orada u Frantsiya terma jamoasi bosh murabbiyiga aylanadi. Agar ortga qaytmoqchi bo‘lsa, men bundan faqat xursand bo‘laman".

Florentino-Perez-and-Zidane

Anchelotti ajoyib tanlov!

"Zayniddin ketgach, biz klub direktorlari bilan suhbatlashdik. Barcha birdek Karlo variantini ma’qulladi. O‘ylashimcha, bu eng zo‘r tanlov. Qayta qurish ketayotganiga qaramay, yuqori tempni tushirib yubormoqchi emasmiz. Ba’zilar "Real"da faqat kuchli futbolchilar to‘p surishi kerak, deb hisoblaydi. Ayrim futbolchilar hali juda yosh. Ularga vaqt kerak".

Mbappe eng zo‘rlaridan biri!

"Men qanday transferlarni amalga oshirganimni barcha yaxshi biladi. Figu, Bekxem, Ronaldo, Krishtianu... Jamoamda superyuldulzar va iqtidorli yoshlar birga to‘p surishi tarafdoriman. Bu bizning klub tanlagan strategiya. Ko‘pchilik Kilianni "Real"da ko‘rish orzusida. Men uni dunyoning eng kuchli futbolchilaridan biri, deb ayta olaman. Transfer borasida hech narsa demayman. Boshqa jamoa a’zosi haqida fikr bildirish odobdan emas".

https___therealchamps.com_wp-content_uploads_getty-images_2018_08_1190278411-850x560

Varanning transferi

"Hozir Rafael Evropa chempionatida to‘p surmoqda. Uning kelajak rejalari haqida sizlar singari gazetadagi ma’lumotlardan xabar topyapman. Biz unga yangi shartnoma taklif etishga tayyormiz. Agar u ketmoqchi bo‘lsa, olib qolish niyatimiz yo‘q. Qolsa, barcha talablari qondirilishi aniq".

Klublar 8 milliard evro yo‘qotdi, lekin Cheferin...

Superliga - futbol olami vakillari pul ishlab olishi uchun o‘ylab topilgan loyiha. Biz "fantastik" shou uyushtiramiz, odamlar buning uchun pul to‘laydi. UEFA bunday qudratga ega emas. Cheferinga e’tibor bering! Klublar 8 milliard evro zarar ko‘rdi, biroq u UEFAdagi o‘z maoshini kattalashtirib oldi. Cheferin futbol rivojiga hizmat qilyaptimi yoki o‘z foydasi uchunmi? Bu reja hali yopilgani yo‘q. Ingliz klublari shunchaki vaqtincha o‘yindan chiqdi. Ular UEFAning bosimiga dosh bera olmadi".

Men futbolga kerakman!

"Sevgan ishim bilan shug‘ullanayotganimdan faxrlanman. O‘ylashimcha, hali futbolga kerakman. Bu hayotimdagi eng oliy maqsad".

Yahyoxo‘ja Ulug‘xo‘jae

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!