
Flik Lamin Yamalni nimalarni kutayotganini aytdi
“Barselona”ni Ispaniya chempioniga aylantirgan germaniyalik mutaxassis Xans-Diter Flik jamoa etakchisi Lamin Yamalni yorqin kelajak kutib turganini ta’kidladi.
- Yamal – futbol dahosi. U navqiron yoshda bo‘lishiga qaramay, uchrashuvlar taqdirini hal qiladigan darajada o‘ynayapti.
Lamin to‘g‘ri yo‘ldan bormoqda. Biz esa, uni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga harakat qilyapmiz. U jahon futboli tarixida eng zo‘r o‘yinchilardan biri bo‘ladi. Men bunga aminman, - dedi Xans-Diter Flik.
18 yoshli Yamal yangi mavsumning dastlabki ikki uchrashuvida bitta gol va ikkita assist qayd etdi. Dunyoning eng qimmatbaho o‘yinchilari qatoriga qo‘shilgan ispaniyalik futbolchi 200 million evroga baholanmoqda.
Fikrlar