Flik: "Bu yomon natija emasligi sabab. jamoamdan faxrlanaman"

  • 6 aprel, 11:25
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" bosh murabbiyi Xans-Diter Flik jamoasining jismoniy va ruhiy holati haqida fikr bildirib o‘tdi. Uning ta’kidlashicha, "Betis"ga qarshi 1:1 hisobidagi durangga qaramay, jamoa yaxshi kayfiyatda va o‘yinga tayyor holda ekanini ko‘rsatmoqda.

Tecno

— O‘ylaymanki, biz charchoq bilan yaxshi kurashmoqdamiz. Jamoa yaxshi formada, barchasi joyida. Biz yaxshi holatdamiz. Mashg‘ulotlardagi yuklama yuqori emas, tez tiklanishga e’tibor beryapmiz.

Jismoniy tayyorgarlik bilan birga mental jihatdan ham shay bo‘lish muhim. O‘yinchilar doim to‘liq e’tiborda bo‘lishlari shart. Men ularga aytdim: ikkinchi taymdan mamnunman. Biz 100 foiz kuchimiz bilan harakat qildik. Bu ochkoni qo‘lga kiritish uchun qattiq mehnat qildik. Va bu yomon natija emas. Men jamoamdan faxrlanaman, – deya o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi "ko‘k-anorranglilar" murabbiyi.

Ma’lumot o‘rnida, germaniyalik mutaxassis boshchiligidagi kataloniyaliklar navbatdagi uchrashuvini 9 apreldan 10 aprelga o‘tar kechasi soat 00:00 da "Borussiya Dortmund"ga qarshi o‘tkazadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!