"Fiorentina"da koronavirusga chalinganlar soni nechta?

  • 19 mart, 2020, 11:18
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Fiorentina" klubi prezidenti Rokko Kommisso jamoaning 8-10 nafar a’zosi koronavirusga (COVID-19) chalinganini ma’lum qildi.

Tecno

“Biz juda ehtiyot bo‘lishimiz kerak. Biz qilishimiz kerak bo‘lgan yagona narsa - shifokorlarga yordam berish. Bu bizning vazifamiz. Hozirda 3 nafar xodimimiz kasalxonada izolyatsiya qilingan, yana bittasi esa uyda. Umuman olganda 8-10 nafar a’zoimiz ushbu virusga chalingan.

Biz bir sutkada 420 ming evro to‘pladik. Bu borada katta xayriya qilgan Frank Riberidan minnatdormiz. Florentsiya - bizning uyimiz. Shuning uchun ham biz davlatga yordam berishimiz kerak.

AQShda koronavirus bilan bog‘liq vaziyat Italiyadagi kabi og‘ir emas. Ushbu kasallikni engish uchun barchani uyda qolishga chaqiraman”, - deydi Kommisso.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!