Filiposyanni Qo‘qondagi faoliyati qanday o‘tdi? Keyingi rejalari qanaqa? Yangi chaqiruvlar bormi? Suhbatda nimalar dedi?

  • 3 yanvar, 2024, 01:00
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Tajribali himoyachi Artyom Filiposyan o‘tgan yili birinchi davrada Superligada “Surxon”, ikkinchi davrada esa pro ligada “Qo‘qon-1912”da to‘p surganini bilasiz. U klubda qoladimi yoki boshqa jamoaga o‘tadimi? Shu va boshqa savollarga javob olish maqsadida u bilan bog‘landik.

Tecno

- Dastlab, ortda qolgan yil haqida so‘ramoqchiman. Siz uchun qanday o‘tdi?

- Avvalo, barchani kirib kelgan yangi yil bayrami bilan tabriklayman. 2023 yil men uchun yaxshi o‘tdi. Boshida Superliga jamoasida edim, keyin “Qo‘qon-1912”dan taklif kelib tushdi va pro ligada davom ettirdim.

- "Qo‘qon-1912"dagi faoliyatingizni bu yil ham yana davom ettirasizmi?

- Hozircha uydaman. Yangi yilni uydagilar bilan birga o‘tkazdim. Qo‘qon jamoasi bilan shartnomam tugadi. Nima bo‘larkin, ko‘ramiz. Balki boshqa klubda o‘ynarman.

artyom_3

-  Vaqt oliy hakam deyishadi. Faoliyatingizni yakunlash haqida o‘ylamayapsizmi? Umuman, yana necha yil to‘p surmoqchisiz?

- Hozir men 35 yoshdaman. O‘zimda kuch va ishonch bor. Kuchim ham etarli, futbol o‘ynayapman. Kuchim etmasa o‘shanda ko‘ramiz. Necha yil futbol o‘ynashimni vaqt ko‘rsatadi. Evropada futbolchilar 40 yoshgacha bemalol o‘ynashyapti. O‘zimizda ham misollar bor. Jasur Hasanov, Anzur Ismoilov va Vitaliy Denisov...Hammasi yaxshi o‘yin ko‘rsatishyapti. Aytganimdek, vaqt ko‘rsatadi, asosan jarohatlar bo‘lmasin.

- Hozirda yangi chaqiruvlar borasida nima deya olasiz? Variantlar bormi?

- Hozircha uydaman. Takliflarga keladigan bo‘lsam, og‘zaki gaplashganmiz. Ko‘ramiz, nima bo‘larkin?

artyom4_1

- Demak, sizni Qo‘qondan ketdi desak bo‘ladimi? Ular bilan bu haqida gaplashdingizmi?

- “Qo‘qon-1912” jamoasi bilan tuzgan shartnomam tugadi. Hali hech kim bilan gaplashmadim.

- Tez orada Osiyo Kubogi boshlanadi. Terma jamoamizning imkoniyatini qanday baholaysiz?

- Osiyo Kubogida terma jamoamizda imkoniyatlar yaxshi. Ajoyib futbolchilar va ijrochilar yig‘ilgan. Nasib qilsa, yaxshi ishtirok etishadi.

artyom3

- Nima deb o‘ylaysiz, Superliga siz kutgandek o‘tdimi?

- Superliga yildan-yilga yaxshi bo‘lyapti va intriga ham o‘syapti. Shuning uchun yaxshi o‘tdi, deb o‘ylayman.

- Pro ligada o‘ynab ko‘rdingiz. Uning darajasi sizga yoqdimi yoki...

- Pro liga darajasini ham yaxshi deb uylayman. Chunki yaxshi jamoalar bor.

artyom5_1

- Oxirgi paytlarda asosan legionerlar to‘purarlar bo‘lib kelyapti. O‘zimizda saviyali hujumchilar kamayib ketdi, deb o‘ylaysizmi?

- To‘g‘ri, o‘zimizda oxirgi yillarda hujumchilarimiz to‘purar bo‘la olmayaptilar. Buning sababini bilmayman. Lekin hujumchilarimiz kamayb ketdi, deya olmayman. Balki ishonch kamroqdir. Chunki 5 yildan beri ketma-ket Dragan Cheran to‘purar bo‘lib kelyapti. 2024 yilda nasib bo‘lsa, o‘zimizni hujumchilarimiz to‘purar bo‘ladi.

Shuhratbek Jo‘raev.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!