
Fil Foden faoliyati bo‘yicha yakuniy qarorga keldi
Fil Foden “Manchester Siti”ning eng etakchi o‘yinchilaridan hisoblanadi. Jamoaning muvaffaqiyati ko‘p jihatdan hujumkor futbolchining harakatlariga bog‘liq.
Manchesterliklar iste’dodli charm to‘p ustasini o‘z safida uzoqroq olib qolish uchun muzokaralarni boshlab yubordi.
Jurnalist Ekrem Konurning ma’lum qilishicha, Fil Fodenning o‘zi ham faoliyatini qaerda davom ettirish bo‘yicha yakuniy qarorga kelib bo‘lgan. U klubda qolishga qarshi emas.
Manbaga ko‘ra, tomonlar muzokaralarda hamkorlik bo‘yicha bir to‘xtamga kela olsa, yangi shartnoma 2029 yilning yarmigacha imzoladi.
Fil Foden klub tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 23 yoshli futbolchi “shaharliklar” bilan birga 16 ta sovrinni qo‘lga kiritgan.
Fikrlar