Fikr o‘zgardi: Muhammad Saloh qaerda o‘ynashni hal qildi

  • 17 fevral, 11:16
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

“Liverpul”ning keyingi yillardagi eng zo‘r to‘purari Muhammad Saloh faoliyatini qaerda davom ettirishni hal qilishi lozim.

Tecno

32 yoshli misrlik hujumchining amaldagi shartnomasi joriy mavsum oxirida tugaydi.

El Nacional nashrining ta’kidlashicha, Saloh hozirgi jamoasi bilan hamkorlikni uzaytirish borasida yangi muzokara boshlagan.

Manba ko‘ra, bu “Liverpul”ning nafaqat Angliya, balki Evropa miqyosida ham sovrinlar uchun kurashish qudratiga ega bo‘lgani bilan bog‘liq. Qolaversa, Arne Slot Muhammadga ishonch bildirayotgani ham futbolchining ketish haqidagi fikrini o‘zgartirgani aytilmoqda.

Bu tomondan Saudiya Arabistoni klublari hamon afrikalik to‘purarni o‘z chempionatlariga chorlashdan to‘xtagani yo‘q. Shayxlar Muhammad Salohga uch yillik shartnoma va har bir mavsum uchun 200 million evrodan maosh taklif qilyapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Faxriddin
17/02/2025 18:23
Салаҳ кетмасин, олтин тўпни олади