FIFAning yangilangan reytingida O‘zbekiston MTJ pastladi

  • 23 mart, 2021, 20:18
  • Javokhir Azimov
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

FIFA terma jamoalarning mart oyidagi yangi reytingini e’lon qildi.

Tecno

Unga ko‘ra, Belgiya milliy terma jamoasi ochkolari sonini 6 taga ko‘paytirib, 1733 ball bilan peshqadamlikni saqlab qoldi. Uni izma-iz ta’qib qilib kelayotgan frantsuzlarda 1732 ochko mavjud. Kuchli uchlikka 1669 ball bilan Braziliya MTJ yakun yasagan.

O‘zbekiston milliy terma jamoasi mart oyi reytingi bo‘yicha 95-o‘rinni band etgan. Hisobimizda 1254 ochko bor. Vadim Abramov shogirdlari Osiyo jamoalari orasida 14-pog‘onani egallagan. Bizdan oldinda Eron, Avstraliya, Yaponiya, Janubiy Koreya, Saudiya Arabistoni, Suriya, Xitoy, BAA, Livan, Ummon, Iroq, Qirg‘iziston, Qatar terma jamoalari joy olgan.

Ma’lumot uchun, 18 fevral holatiga ko‘ra, "oq bo‘rilar" 85-o‘rinda edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
kokand2006
24/03/2021 10:41
Zo'r o'sish yaqinda 1000 ga chiqadi
Ulug'bek Mirzashukurov
23/03/2021 21:27
Bu yolg'onku FIFA rasmiy saytida 85-o'rinda turibdi-ku!. Nima qilasizlar yolg'on habar bilan "trend"ga chiqib ? . Qo'yinglaree