
FIFA taqiqni echdi va legionerimiz premer-ligadan ro‘yxatdan o‘tkazildi!
BATE vakili hisoblangan Shahboz Umarov Qozog‘istonning “Ordabasi” klubiga o‘tgani haqida xabar bergan edik.
FIFA “Ordabasi”ga yangi o‘yinchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha ta’qiq qo‘ygan edi. Bunga argentinalik futbolchi Pablo Fontanelloning shikoyati sabab bo‘lgandi. Endi masala hal etildi va premer-liga klubi yozgi transferlarda qo‘lga kiritilgan o‘yinchilarni chempionat qaydnomasiga kiritish imkoniga ega bo‘ldi.
Shu tariqa, “Ordabasi” BATEdan mavsum oxirigacha ijaraga olingan Shahboz Umarovni premer-liga qaydnomasiga kiritdi. O‘zbekistonlik legionerdan tashqari mahalliy futbolchilardan Akmal Baxtiyorov va Maksim Fedin ham ro‘yxatdan o‘tkazildi va ularning bari navbatdagi turdan o‘z jamoasiga yordam berishi mumkin.
Qozog‘iston premer-ligasidan 15 tur yakunlariga ko‘ra, “Ordabasi” futbolchilari 26 ochko bilan musobaqa jadvalida uchinchi o‘rinda bormoqda.
Fikrlar