FIFA Jahon chempionatini kechiktirmoqchi

  • 9 oktabr, 22:02
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) 2034 yilda Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tadigan mundialni 2035 yilga ko‘chirishi mumkin. Bunga sabab, 2034 yilda muqaddas Ramazon oyi JCh o‘tkazilishi reja qilingan dekabr oyiga to‘g‘ri keladi. Shu tufayli, FIFA musobaqani bir oyga, ya’ni 2035 yilning yanvar oyida o‘tkazishni o‘ylamoqda. Bu haqda The Athletic xabar berdi.

Tecno

Manbaga ko‘ra, 2034 yilgi jahon chempionati yozda o‘tkazilishi mumkin emas, chunki bu vaqtda Saudiya Arabistonida havo harorati +52 darajagacha ko‘tariladi.

JCh-2034 qishda o‘tadigan ikkinchi va tarixda toq yilda tashkil etiladigan birinchi jahon chempionati bo‘lishi kerak. Futbol bo‘yicha birinchi "qishki" jahon chempionati 2022 yilda Qatarda bo‘lib o‘tgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!