FIFA APL klubi futbolchisiga Ukraina terma jamoasida o‘ynashga ruxsat bermadi

  • 6 aprel, 2021, 11:07
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ukraina futbol assotsiatsiyasi "Vulverxempton" himoyachisi Maks Kilmanning futbol fuqaroligini almashtirish bo‘yicha yuborgan so‘rovnomasiga FIFAdan javob oldi.

Tecno

23 yoshli angliyalik futbolchining onasi Kievda tug‘ilgan va shu sababli, Maksda Ukraina terma jamoasi sharafini himoya qilish imkoniyati mavjud edi. Ammo FIFA unga bu imkoniyatni bermadi.

Gap shundaki, Kilman o‘z vaqtida Angliya futzal terma jamoasi safida 8 ta rasmiy o‘yinda ishtirok etgan. Aynan shu fakt uning boshqa terma jamoada o‘ynash huquqini cheklagan.

Maks Kilman “Vulverxempton” safida 2018 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U joriy mavsum Angliya premer-ligasida 15 ta o‘yinda maydonga tushdi. Maks “Fulxem” klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!