Fevzi Davletov: "Yo‘qotishlar hujum chizig‘iga ta’sir ko‘rsatdi"

  • 23 sentabr, 2024, 09:46
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Superligada 19-tur o‘yinlari davom ettirildi. "Surxon" jamoasi "Bunyodkor" bilan kuch sinashdi va 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi. Bellashuvdan so‘ng jamoa bosh murabbiyi Fevzi Davletov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

Tecno

- Agar birinchi bo‘limni olsak, bizga hujumda biroz tezlik etishmadi. Raqib zonalarni berkitishga ulgurdi. Vaholanki, imkoniyatlarda realizatsiya pand berdi. Zarba kerak paytda pas berib, pas kerak joyda zarba yo‘lladik. Muammo ham shunda. Yo‘qotishlar ham hujum chizig‘iga ta’sir qildi.

- "Surxon" qishda hujum chizig‘iga yangi ijrochilarni xarid qiladimi?

- Albatta, bu borada ishlaymiz. Iloji bo‘lsa 3 ta hujumchidan rotatsiya yordamida foydalanish kerak. Hozir qizil kartochka va yoshlar terma jamoasiga yo‘l olgan futbolchimiz sababli ijrochi etishmadi.

- Bugun murabbiylar shtabi hujum chizig‘ida markaziy himoyachi - Nodirxon Nematxonovning oldida hujumchi bo‘lganda osonroq bo‘larmidi?

- Ha, biz bugun shunday uslubga murojaat etdik. Bir hafta davomida uni hujumda sinab ko‘rdik. Baland bo‘yli futbolchidan qanotdagi uzatmalar yordamida foydalanmoqchi edik, ammo bu naf bermadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!