Fevzi Davletov: "O‘ylaymanki, durang adolatliroq bo‘lardi"

  • 16 sentabr, 2024, 22:49
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

OKMK – "Surxon" (1:0) uchrashuvidan keyin mehmonlar ustozi Fevzi Davletov matbout anjumanida qatnashdi.

Tecno

"Qanday izohlasam bo‘ladi, bu o‘yinni… 16-daqiqada jamoamizda chetlatish bo‘ldi. Lekin aytishim joiz: 1-taymni juda yaxshi o‘tkazdik. Gol urishimiz kerak edi. Negaki, ko‘p xavfli vaziyatlarni yaratdik. Afsus, foydalana olmadik

Ikkinchi bo‘limda, himoyada ko‘proq o‘ynadik. Tabiiyki, kamchilik bo‘lib o‘ynaganimizda futbolchilarda charchoq sezildi. O‘zgarishlarni qildik, ammo o‘tkazib yuborilgan golda tayanch zonasida xatoga yo‘l qo‘ydik. O‘yindan keyin qilgan mehmati uchun futbolchilarga minnadorchilik bildirdim. Chetlatishdan keyin, ular taslim bo‘lishmadi. O‘ylaymanki, bugun durang adolatliroq bo‘lardi".

"Surxon" matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!