
Fevzi Davletov: "Bizga bitta gol etmadi"
Metallurg - Surxon (1:0) uchrashuvdan keyin mehmonlar ustozi Fevzi Davletov matbuot anjumanida qatnashib OAV vakillariga javob qaytardi.
O‘yin haqida
- Bunday o‘yinda bizga gol urish pallada omadimiz etishmadi. Futbolchilarimizga uchrashuv qiyin bo‘lishini aytgandik. Negaki, "Metallurg" jamoasi Superligada jon saqlash uchun kurashmoqda va bugungi g‘alaba ularga katta yordam berish mumkin. Ikkinchi bo‘limda o‘yin bizning nazoratimizda bo‘ldi. Afsus, omadimiz kelmadi va bizga bitta gol etmadi.
- 35-daqiqada Asilbek Jumaevni almashtirishi sababi nima edi?
- Yaqinda unda kichik jarohat edi. Bunga qaramasdan, Jumaevga ishondik. Ammo bir nechta vaziyatda raqib jamoa unga qarshi yakka kurashlarda qo‘pol o‘ynadi. Shundan keyin Jumaev jarohat oldi va jarohat jiddiyroq bo‘lmasligi uchun uni almashtirishga qaror qildik. Chunki uni keyingi uchrashuvga saqlamoqchi edik.
- "Metallurg" uchun ushbu o‘yin hayot-mamot edi. O‘yin natijasiga ushbu vaziyat ta’sir qildimi?
- Ha, albatta. Musobaqa jadvalini ham inobatga olish kerak. Raqibimiz uchun ushbu o‘yin muhim edi.
- Yil boshida "Surxon"ga berilgan vazifa bajarildimi?
- O‘tgan yilda 6-o‘rinni zabt etdik. Bu mavsumda esa 7-o‘rin. Bu yilda biz stabil mavsumni o‘tkazdik. Yaxshi ham emas, yomon ham emas. Afsus, bir xil o‘yinlarda barqaror o‘ynamadik. Bu yilda qilgan kamchilik ustida ishlaymiz va albatta tahlil qilishimiz lozim.
- Muxlislaringiz haqida
- «Uchar to‘lporlar» fan-klubimiz oxirigacha bizni qo‘llab-quvvatladi. Fan-klubga minnadorchilik bildiraman. Bizni oxirgi o‘yin kutmoqda. Umid qilaman, muxlislarni xursand qilamiz.
Fikrlar