
Festival oldidan matbuot anjumani o‘tkazildi
Milliy matbuot markazida penchak silat turi bo‘yicha poytaxtimizda o‘tadigan xalqaro festival oldidan tashkilotchilar, sportchilar va ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirokida matbuot anjumani tashkil etildi.
Anjumanda mamlakatimizda sportni rivojlantirish, o‘sib kelayotgan yosh avlodni har tomonlama barkamol insonlar qilib voyaga etkazish, ularning jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug‘ullanishi, o‘z iqtidor va salohiyatini namoyon etishi uchun zarur sharoitlarni yaratishga qaratilayotgan doimiy e’tibor samarasida sportning yakkakurash turlari ham yoshlarimiz orasida jadal ommalashayotgani ta’kidlandi.
O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, mamlakatimiz penchak silat federatsiyasi va qator davlat va jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikda tashkil etilayotgan festivalda Markaziy Osiyo, Indoneziya, Malayziya va Rossiyadan kelgan penchak silat ustalari ustalari ishtirok etishi haqida ma’lumot berildi.
Matbuot anjumani yakunida tashkilotchilar jurnalistlarning qiziqtirgan savollariga javob berdi.
Fikrlar