
Ferdinand: "Brunu bizning sardorimiz"
Rio Ferdinand Brunu Fernandeshning "Al-Hilol"ga o‘tishdan voz kechganini ijobiy baholadi.
"Sizlarga ochig‘ini aytaman: o‘zim "yo‘q" deb ayta olarmidim, bilmayman. U 30 yoshda,MYu klubida muammolar bor. Ammo Brunu qolmoqda, u bizning eng yaxshi to‘purar, eng yaxshi assistent, eng ko‘p gol vaziyatlarini yaratgan va yana ko‘p narsalarni amalga oshirmoqda, u bizning sardorimiz.
Bugun ertalab uyg‘onganimda, bundan ortiq baxtli bo‘lolmasdim va unga xabar yubordim. Tafsilotlarga to‘xtalmayman, lekin u ulkan inson" - dedi MYuning sobiq himoyachisi.
Ma’lumot o‘rnida, bir necha kun oldin portugaliyalik yarim himoyachiga Saudiyaning "Al-Hilol" klubidan yaxshi oylik maosh evaziga yaxshi tarklif tushayotgan edi. Biroq, futbolchi jamoada qolishni afzal ko‘rib, rad javobini berdi.
Fikrlar