
Felish "Liverpul"ga o‘tishi mumkin edi
O‘tgan mavsumni "Chelsi"da ijara asosida o‘tkazgan Joau Felish APLda qolishi ham mumkin edi. Unga "Liverpul" qiziqish bildirgan. Mersisayd klubi straykerni Darvin Nunesga almashtirish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazmoqchi edi, deya xabar bermoqda "GOAL" nashri.
Ma’lum bo‘lishicha, portugaliyalik futbolchining o‘zi "qizillar"ga rad javobini berdi. U faoliyatini "Barsa"da davom ettirishni tanladi.
Eslatib o‘tamiz, Felish ijara asosida Kataloniya jamoasiga o‘tdi. Joau yangi klubida afsonaviy Yoxan Kroyfga tegishli bo‘lgan 14-raqamda o‘ynaydi.
Fikrlar